10 avg 19:28
Yangiliklar

"Ishonaman, Xabib engilmas jangchi bo'lib sportdan ketadi"
"Jastinni nimaga Xabib uchun jiddiy raqib deya hisoblayotganliklari uchun sabablar ko'p. Birinchidan, u kurashda yaxshi himoyalanadi. U yuqori saviyadagi kurashchi. Bilaman, u hujum qilish uchun bu uslubdan ko'p foydalanmaydi, biroq u yuqori darajali kurashchi.
Uning boks va zarba berish ko'nikmalari ham yaxshi. Fantastik chidamlilik. Bu Xabib uchun juda va juda qiyin jang bo'ladi.
SHu o'rinda, Xabib Nurmagomedovni men sport tarixidagi eng etakchi sportchi deb hisoblayman. Bilaman, ushbu nom uchun boshqa nomzodlar ham bor. Lekin xech kim janglarni u kabi oson o'tkazmaydi.
Ishonamanki, u sportni engilmas jangchi sifatida tark etadi. Buni yaqin orada amalga oshiradi. 28-0. U xato qilmagan. UFCda 12-0. U UFC tarixidagi eng etakchi jangchi", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Korme 15 avgust kuni Miochichga qarshi jang o'tkazadi. Xabibning Jastin Getjiga qarshi jangi esa 24 oktyabrda tashkil etiladi.
Fikrlar