18 jan 10:57
Yangiliklar
Islam Maxachev Carukyanga qarshi bekor bo'lgan jangi haqida gapirdi
Islam UFC 311 turnirining markaziy jangida reytingning o'ninchi pog'onasidan joy olib turgan braziliyalik Renato Moykanoga qarshi oktagonga chiqadi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Las-Vegasdagi UFC PI zali devoriga yozilgan o'zining so'zlarini takrorladi.
"Bu chempionlik kamari o'zida nimani mujassam etgan? Titul sen dunyoning eng yaxshisan ekaningni anglatadi. Agar sen eng zo'ri bo'lsang, kimni raqib sifatida berishlarining ahamiyati yo'q. Nima deyishim kerak? Yo'q? Hech qachon! Kelinglar, buni amalga oshiramiz!", - dedi Maxachev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi saifasida.
"Dana Uayt, endi sen eng yaxshi P4P jangchisi kim ekanini bilasan", - deya UFC rahbariga murojaatini ham qo'shimcha qilgan amaldagi chempion.
Fikrlar