07 jan 10:51
Yangiliklar
Islam Maxachev Jon Jons - Daniel Korme to'qnashuviga bashorat berdi
Agar ushbu kurash bellashuvi tashkil etilsa, Islam Maxachev bu qarama-qarshilikda jamoadoshini favorit sifatida ko'radi.
"Bu shunday qarama-qarshilikki, faqat kurashda Korme Jon Jonsni o'ziga tortib, mag'lub etishi mumkin. Ha, Jon Jons ham yaxshi kurashadi, lekin kurash - bu Kormening hududi va u olimpiya darajasidagi yigit. Bu katta daraja", - dedi Maxachev.
Ushbu kurash bellashuvini Real American Freestyle ligasi tashkil etishi mumkinligi haqida avvalroq Daniel Kormening o'zi malum qilgandi.
"Siz meni va Jon Jonsni "Real American Freestyle" ligasida ko'rasiz va men uni siz tasavvur ham qila olmaydigan tarzda yo'q qilaman. Bilasizmi nega? Men hali ham mashg'ulot zalidaman. Men har kuni kurashchilarni tayyorlayman", - dedi sobiq UFC chempioni Korme Ben Askren bilan YouTube’dagi kanalida suhbatlashar ekan.
Malumot uchun, kecha Daniel Korme va Jon Jons bir-birlariga qarshi o'z jamoalarining bosh murabbiyi sifatida "Alf Reality" jangovar teleloyihasining uchinchi mavsumida ishtirok etishi malum bo'lgandi.

Fikrlar