14 sen 08:34
Yangiliklar
Islam Maxachev: "Jons doping bilan qo'lga tushgan – uning seriyasi haqiqiy emas!"
Og'ir vaznda sobiq chempioni Jon Jons ligada mag'lubiyatsiz 19 ta g'alabaga erishgan.
"Men Jon Jonsni umuman tarixda eng buyuk atletlardan biri ekanligini inkor etmayman. Ammo u ikki marta doping bilan qo'lga tushgan, shuning uchun uning seriyasi haqiqiy deb hisoblanmaydi. U doping qabul qilgan holda jang qilgan va shu sababdan hisob yangidan boshlanadi. SHunga qaramay, u eng kuchli, balki tarixdagi eng kuchli jangchilardan biridir. Kim uchun qanday. Men uchun u eng kuchlilaridan biri", — dedi rossiyalik jangchi "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Joriy yilning avgust oyida Islam Maxachev chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, 17 ta g'alaba bilan afsonaviy Anderson Silvaning rekordini yangilagandi (Silva ligada ketma-ket 16 ta jangda g'alaba qozongan edi).

Fikrlar