23 jan 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev keyingi jangini qachon o'tkazishini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev keyingi jangi haqida gapirdi.
"Men o'z vaznimdagi ishni tugatdim. Yana kim qoldi? Men hammani mag'lub qilib bo'ldim. Dana, men kutyapman, shunchaki qo'ng'iroq qil. Xalqaro jang haftaligida qaytish niyatim bor. Iyun yoki iyul oyida", dedi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Islam 19 yanvar tongida o'tkazilgan UFC 311 turniri doirasida braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali taslim etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar