06 may 13:39
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Islam Maxachev navbatdagi jangiga O'zbekiston terma jamoasi azosi bilan birga tayyorlanmoqda
UFC chempioni Islam Maxachev navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi.
Bu haqida uning jamoadoshlaridan biri TASS nashri bilan suhbatda aytib o'tdi.
"Bu ilk yig'in. Katta jamoa yig'ilgan. Kurash bo'yicha Olimpiada chempionlari Tajudinov va Jamalov ham shu erda", - dedi Maxachevning jamoadoshi.
Eslatib o'tamiz, Razambek Jamalov erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanadi. U 2024 yilgi Parij Olimpiadasida oltin medalga sazovor bo'lgan.
Islam Maxachev Instagramga joylashtirgan "storiz"da ham Jamalovni ko'rishimiz mumkin.

Havola :
Fikrlar