23 apr 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev: TOP-10dagilar men bilan jang qilishni istashmayapti
UFC jangchisi Islam Maxachev Arman Carukyan bilan jangdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ochig'ini aytganda, Armanga qarshi jang oson bo'ladi, deb o'ylagandim. Bunday g'alabadan qoniqmadim. Lekin g'alaba baribir g'alaba. Nega bunday jang? Sababi raqib deyarli qarshilik ko'rsatmadi, yopiq jang o'tkazdi. Men jangni to'liq boshqardim, uni har bir harakatini oldindan o'qidim.
Armanning kurashishi sizga yoqdimi? Meni ko'proq uning jismoniy tayyorgarligi hayron qoldirdi. Endi men TOP-10dagilar bilan jang qilmoqchiman. Ammo, ular men bilan jang qilishni istashmayapti. SHu boisdan ham men biroz kuchsizroq jangchilarga qarshi oktagonga chiqyapman", - dedi dog'istonlik sportchi.
Havola :
Fikrlar