16 jan 19:15
Yangiliklar
Islam Maxachev UFC'dagi asosiy vazifasi haqida gapirdi
Balki, 15 ta g'alabali seriya bo'yicha Kamaru Usmanga etib oladi. SHuningdek bu borada rekordchi Anderson Silva bilan oradagi farqni bittaga qisqartiradi.
Ammo Islam bu asosiy maqsad emasligini aytdi.
"Menda bitta vazifa bor - kamarni himoya qilish, bo'ldi. Men ko'plab himoya janglarini o'tkazib, uzoq vaqt chempion bo'lmoqchiman. Anderson Silva yoki Kamaru Usmanning g'alabali seriyasi haqida o'ylayotganim yo'q - men shunchaki kamarni ushlab qolib, g'alaba qozonishda davom etmoqchiman.
Agar sen chempion va eng zo'r jangchi bo'lib qolsang, bu to'g'ri mashg'ulotlar qilganing, to'g'ri ovqatlanganing, barchasini to'g'ri qilganingga bog'liq. Men barchasini to'g'ri qila olganimdan g'ururlanaman. Men boshqa yo'nalishda juda zo'r emasman. MMA bu mening hayotim va haligacha chanqoqman", - dedi Maxachev.
Fikrlar