16 may 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA, Gimnastika, Tennis, Engil atletika, Taekvondo, Karate
“Islom birdamlik o'yinlari”. 30ta medal bilan hamon 3-o'rindamiz!
SHu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Kecha musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz jami 9ta medal qo'lga kiritishdi. Oltin medallarimiz soni 6taga etdi. Hisobimizda 6ta kumush, 18ta bronza, jami 30ta medal bor. Terma jamoamizga kechagi kun bahslarida yagona oltin medalni Oksana CHusovitina taqdim etdi.
Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida hamon 3-o'rinni egallab turibmiz. 35ta oltin, 31ta kumush, 26ta bronza, jami 92ta medalni qo'lga kiritgan Turkiya terma jamoasi 1-o'ringa ko'tarilib oldi.
SHu kungacha peshqadamlik qilib kelgan Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi o'ringa pastladi. Mezbonlar hisobida 33ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 23, bronza esa 12tani tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar