16 may 23:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis, Dzyudo, Engil atletika, Taekvondo, Boshqalar, Gandbol, Karate
“Islom birdamlik o'yinlari”. 34ta medal bilan 4-o'rindamiz!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari”ning navbatdagi kungi bahslari ham yakunlandi.
Bugun musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz 4ta medalni qo'lga kiritishdi. Oltin medallarimiz soni 7taga etdi. Hisobimizda 9ta kumush, 18ta bronza, jami 34ta medal bor.
Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibmiz. Bugun hisobidan terma jamoamizga yagona oltin medalni taekvondochimiz Niyoz Po'latov taqdim etdi.
43ta oltin, 40ta kumush, 32ta bronza, jami 115ta medalni qo'lga kiritgan Turkiya terma jamoasi hamon 1-o'rinni band etgan. Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi o'rinda boryapti. Mezbonlar hisobida 41ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 24, bronza esa 16tani tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar