18 may 07:50
Yangiliklar
“Islom birdamlik o'yinlari”. 43ta medal bilan 4-o'rindamiz!
Kecha musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz 9ta medalni qo'lga kiritishdi. Oltin medallarimiz soni 8taga etdi. Og'ir atletikachimiz Rustam Jangabaev terma jamoamizga kechagi bahslardagi yagona oltin medalni taqdim etdi.
SHuningdek, hisobimizda 12ta kumush, 23ta bronza, jami 43ta medal bor. Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibmiz.
54 ta oltin, 45 ta kumush, 38 ta bronza, jami 137 ta medalni qo'lga kiritgan Turkiya terma jamoasi hamon 1-o'rinni band etgan.
Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi o'rinda boryapti. Mezbonlar hisobida 50 ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 29, bronza esa 20 tani tashkil qilmoqda. Ularning umumiy medallari soni bir kam 100 taga etdi.
Umuman olganda, shu kungacha 21 ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. 54ta ishtirokchi davlat jamoalaridan 33tasi kamida bitta bronza medaliga egalik qilyapti.
Fikrlar