17 may 21:34
Yangiliklar
Kurash

“Islom birdamlik o'yinlari”. Assakalov raqibini 9 soniyada mag'lub etib, bronzaga ega bo'ldi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari” o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Hozirgina, -98 kg vazn toifasida gilamga chiqqan yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda pokistonlik raqibi Razani 9 soniyada mag'lub etdi.
Malumot uchun, Assakalov chorak finalda iroqlik Alxabbiyani mag'lub etgan, lekin yarim finalda mezbonlar vakili Nurievga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar