14 may 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA
“Islom birdamlik o'yinlari”. Bokschilarimizda bir g'alaba va mag'lubiyat
SHu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Medallar jamg'arishda
asosiy umidimiz bo'lgan bokschilarimiz o'z ishtiroklarini davom ettirishyapti. 56 kg
vazn toifasidagi vakilimiz Abdulxay SHorahmatov anchagina jiddiy raqib
qozog'istonlik Nurbol Kaljanovni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Tunislik hakam 29:28 hisobida Kaljanovga g'alabani taqdim etgan. Qolgan hakamlar 29:28, 30:27, 29:28, 29:28 hisobida Abdulhay hisobiga g'alaba yozishgan.
Afsuski, 81 kg vazndagi bokschimiz Madiyar Saidrahimov misrlik Abdulrahmon Abdelgavvadga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar