16 may 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12655_220.jpg)
“Islom birdamlik o'yinlari”. Bugun 3 bokschimiz yarim final chiptasi uchun ringga chiqadi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning boks bahslarida 3 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi. Jumladan, -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abrorjon Qodirov chorak finalda ozarbayjonlik Masud Yusufzoda bilan hisob-kitob qiladi.
-64 kg vazndagi Aliyor Noraliev yana bir ozar bokschisi Elvin Isaev bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. -75 kg vazn toifasidagi bokschimiz Mahmud G'oipov esa qozog'istonlik Tursinbay Kulaxmetga qarshi jang o'tkazadi.
“Islom birdamlik o'yinlari”ning boks musobaqasi Olimpiya shaharchasidan 37,3 km uzoqlikda joylashgan Crystal Hall (CH2) arenasida bo'lib o'tmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar