13 may 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

“Islom birdamlik o'yinlari”. Bugun ringga chiquvchi bokschilarimiz
SHu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
O'z tarixida to'rtinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston sport delegeaciyasi ilk marotaba ishtirok etyapti. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar jam bo'lgan.
Bugun medallar jamg'arishda asosiy umidimiz bo'lgan bokschilarimiz o'z janglarini o'tkazishadi. 75 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Mahmud G'oipov jazoirlik Azzouz Boudiaga qarshi ringga ko'tariladi.
56 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz azosi Abdulxay SHorahmatov anchagina jiddiy raqib qozog'istonlik Nurbol Kaljanov bilan to'qnash keladi. 81 kg vazndagi Madiyar Saidrahimov esa misrlik Abdulrahmon Abdelgavvad bilan hisob-kitob qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar