14 may 09:22
Yangiliklar
“Islom birdamlik o'yinlari”. Medallar jamg'arish bo'yicha 7-o'rindamiz!
Kecha musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz jami 8ta medal qo'lga kiritishdi. SHulardan bittasi oltin, bittasi kumush, 6tasi bronza medalidir. Karate bahslarida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov hozircha yagona bo'lib turgan oltin medalni terma jamoamizga taqdim etdi.
Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 7-o'rinni egallab turibmiz. 10ta oltin, 9ta kumush, 3ta bronza, jami 22ta medalni qo'lga kiritgan Ozarbayjon terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 1-o'rinni band etgan.
Ikkinchi o'rindagi
Turkiya terma jamoasi hisobida ham 10ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 7,
bronza esa 10tani tashkil qilmoqda. Kuchli uchlikka 2ta oltin, 6ta kumush, 5ta
bronza medali bilan Indoneziya terma jamoasi yakun yasagan.
IV “Islom birdamlik o'yinlaridagi medallarimiz:
Sadriddin Saymatov – (karate, 60 kg.) - oltin
Badiiy gimnastika (terma jamoa) - kumush
Saidxon Sayfuddinov (o'q otish) - bronza
Sakina Mamedova (o'q otish) - bronza
Diyorbek O'rozboev (dzyudo, -60 kg.) - bronza
Gulruh Rahimova (para-dzyudo, -70 kg.) - bronza
Dostonbek Otabolaev (karate, 75 kg.) - bronza
Barno Mirzaeva (karate, 61 kg.) - bronza
Fikrlar