18 may 22:27
Yangiliklar
Kurash

“Islom birdamlik o'yinlari”. Mo'minjon Abdullaevda kumush!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina musobaqaning yunon-rum kurashi musobaqasining eng og'ir 130 kg vazn toifasidagi bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Ushbu vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Mo'minjon Abdullaev “Islom birdamlik o'yinlari”ning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Raqiblari orasida eng engili bo'lgan Abdullaev oltin uchun kechgan bahsda turkiyalik Osman Yildirimga imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, Mo'minjon Abdullaev ilk bahsida suriyalik Alkradni mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa mezbonlar vakili Sabah SHariatini taslim etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
16:45
Rasman. Ruslan Abdullaev boks olamidagi nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi 0
Fikrlar