01 noy 16:52
Yangiliklar
Islom birdamlik o'yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi
4-21 noyabr sanalarida 23 sport turini o'zida jamlagan VI Islom birdamlik o'yinlari muxlislarga unutilmas lahzalarni tortiq etadi.
Kecha Islom Birdamligi O'yinlarini ochib beruvchi futzal musobaqasi taqvimi tasdiqlandi. Unga ko'ra jamoalar 2 noyabr sanasiga Ar Riyod shahriga etib kelib, mashg'ulotlarga kirishishi mumkin. O'sha kuni jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish ham bo'lib otadi. Guruh bosqichi bahslari 4 noyabrda start oladi. Ikkinchi va uchinchi tur uchrashuvlari 6-8 noyabr sanalariga rejalashtirilgan.
Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan jamoalar 9 noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi. 11 noyabrda 3-o'rin uchun bahs hamda final o'yinining guvohiga aylanamiz.
Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari taqvimi bilan tanishing:
1-tur. 04.11.2025 yil, soat 19:00 – 21:30. Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
2-tur. 06.11.2025 yil, soat 16:00 – 18:30. O'zbekiston – Ozarbayjon
3-tur. 08.11.2025 yil, soat 16:00 – 18:30. O'zbekiston – Liviya
Fikrlar