17 may 12:59
Yangiliklar
Kurash

"Islom birdamlik o'yinlari"da yunon-rum kurashchimiz finalga yo'l oldi
"Islom birdamlik o'yinlari"da bugundan yunon-rum kurashchilar o'z ishtiroklarini boshlashdi.
-59 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchimiz Islomjon Bahromov avvaliga turkmanistonlik Tazaevni, keyin esa pokistonlik Husainni mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u oltin medal uchun bo'ladigan jangda Qirg'iziston vakili Jolchubekovga qarshi gilamga chiqadi.
Final janglari kechki payt bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
16:00
Ayollar o'rtasidagi JCH. Kecha jang qilgan besh nafar bokschimizning to'rt nafari keyingi bosqichda 0
Fikrlar