17 may 18:50
Yangiliklar
Og'ir atletika
"Islom birdamlik o'yinlari"dagi sakkizinchi oltin medalni og'ir atletikachimiz taqdim etdi!
Bokuda o'tkazilayotgan "Islom birdamlik o'yinlari"da sakkizinchi oltin medalni qo'lga kiritdik.
+105 kg vazn toifasidagi tosh ko'taradigan yurtdoshimiz Rustam Djangibaev dast va siltab ko'tarishda 431 kg ni o'ziga bo'ysundira oldi va eng yuqori natijani qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Rustamning ushbu medali O'zbekiston sportchilari uchun "Islom birdamlik o'yinlari"dagi sakkizinchi oltin medal hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar