08 mar 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Israel Adesanya - Yoel Romero. Hakamlar hujjatidan ko'chirma + FOTO
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 248 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya sobiq jahon chempioni Yoel Romeroga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Hakamlar 48-47, 48-47, 49-46 hisobidagi g'alabani Adesanyaga taqdim etishdi. Hakamlarning bu qarori hamda Israelning jangdan keyingi fikrlari arenaga yig'ilgan muxlislar tomonidan norozi ohangda qabul qilindi.
Havola :
Fikrlar