So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

07 mar 13:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov: "Endi o'z yo'nalishimning asosiy kamariga ega chiqmoqchiman"

Teglar :  Isroil MadrimovBoks
Xabaringiz bor, professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov 9 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'zining ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi o'tkazadi.

MOQ matbuot va media departamenti jang arafasida Isroil bilan bog'landi. O'z navbatida, bokschimiz bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Maqsadim jiddiy. Buni birinchi jangning o'zidayoq kamar uchun ringga chiqib ko'rsatgan edim. Endi uni himoya qilib, o'z yo'nalishimning asosiy kamariga ega chiqmoqchiman. Buning uchun yanada jiddiy raqiblar tanlash kerak. Bu, avvalo, katta tajriba orttirishga yordam beradi. SHu bois ham mana shu venesuelalik raqibni tanladik. Uning statistikalariga etibor qaratgan bo'lsangiz, 24 g'alabadan 23 tasini nokaut evaziga qo'lga kiritgan va 2 bor mag'lub bo'lgan. SHuning uchun mazkur raqibda to'xtaldik. Bo'lajak bahsda g'alaba qozonib, uni barcha ayollarimizga, avvalo, onamga bag'ishlamoqchiman”, – deydi Isroil Madrimov.

SHu o'rinda biz ham bokschimizga bo'lajak bahsda omad tilaymiz. Takidlash joiz, bahs mahalliy vaqt bilan 9 mart sanasiga belgilangan bo'lsa-da, Toshkent vaqti bilan 10 mart kuni ertalabga to'g'ri keladi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
07 mar 13:22:54
Boburbek Mirzakhamdamov
Assalomu alaykum barchaga. Avvalo Isroilga omad tilayman. Bahodirga ham. Bizga hozirgi kunda eng yaxshi promouterlik kompaniyasi bu Mir Boksa boʻldi chunki bu kompaniya bizni sportchilarga ozlari hohlagan raqiblari bilan jang qilish uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Shohjahon ham bu kompaniya bilan hamkorlik qilish kerak!
   
07 mar 16:14:29
Jalol Axmedov
omad tilaymiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing