16 avg 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Erik Uolkerga qarshi jangdan so'ng qanday fikrda?
Bokschimiz Isroil Madrimov Erik Uolkerga qarshi o'tkazilgan jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Jang albatta shunday qiyin bo'lishini bilgandik. Ringda hakam ko'pgina nokdaunlarni hisobga olmadi. Mendan nokautni o'g'irlashdi. Ushbu g'alabamni yaqinda tug'ilgan kunini nishonlagan onamga bag'ishlayman.
O'zbekistonlik muxlislar, umuman amerikalik, meksikalik, rossiyalik va qozog'istonlik muxlislarimga rahmat aytaman
CHarchoq? Tayyorgarlik uch haftagina bo'lgandi. Jang o'rtalarida biroz charchab qoldim va oilam, vatanim, muxlislarim uchun o'zimga kelib oldim", - dedi Madrimov.
Eslatib o'tamiz, mazkur jangda Isroil Madrimov ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar