19 mar 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov: "G'alabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam!"
Professional bokschimiz WBA InterContinental chempionlik kamari sohibi Isroil Madrimov Toshkentga etib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bokschimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Ayni shu soniyalarda Madrimov ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu beryapti.
"Bayram arafasida O'zbekistonga qaytish juda yoqimli. Fursatdan foydalanib, xalqimizni Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Biz sportchilar o'z g'abalarimiz bilan hamisha yurtdoshlarimizni xushnud etaveraylik. G'alabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam. Tong sahar bo'lishiga qaramay, janglarimizni tomosha qilgan hammaga o'z tashakurimni bildiraman. Tez orada asosiy chempionlik kamari uchun ham jang o'tkazamiz", - dedi Madrimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar