05 okt 00:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov "Madison Square Garden"dagi jang oldidan tarozidan o'tdi + FOTO
Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan 6 oktyabr tongida professional bokschimiz Isroil Madrimov Nyu-Yorkda jang o'tkazadi.
"Madison Square Garden"da tashkil etiladigan jang oqshomida Isroil meksikalik Alexandro Barreraga qarshi ringga ko'tariladi.
Biroz avval bokschilar jang oldidan tarozidan o'tishdi. Unda har ikki charm qo'lqop ustasi belgilangan meyorni bajardi.
Eslatib o'tamiz, jang birinchi o'rta vazn toifasida tashkil etiladi va 10 raunddan iborat bo'ladi. Unda Isroil Madrimov o'ziga tegishli WBA InterContinental kamarini himoya qiladi. Bahs yakshanba tongida "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
(Skrinshotlar)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar