28 fev 23:15
Yangiliklar

Isroil Madrimov: Menga imkoniyat bering, ringda o'zimni ko'rsataman. Katta janglarga tayyorman
Ushbu kecha doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov venesuelalik CHarli Navarroga qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur bahs WBA kamari uchun saralash vazifasini o'taydi.
Kechaning markaziy jangi Jessi Vargas hamda Mayki Garsiya o'rtasida tashkil etiladi.
Mazkur jang oldidan Madrimov mahalliy OAVga intervyu berdi.
"Mana shunday jang andekartida qatnashayotganimdan xursandman. Maqsadim ringda o'zimni ko'rsatish va muxlislarga boksimdan zavqlanish imkoniyatini berish. Nokaut qayd etish.
Birinchi jangimda WBA Intercontinental kamarini qo'lga kiritganman. Endi men qiyin janglarga ham tayyorman va katta g'alabalarni istayman.
Menga imkoniyat bering, men ringda o'zimni ko'rsataman. CHempion bo'lishni istayman. Lara, Lozario kabi chempionlarga qarshi jang qilishga tayyorman.
O'zbekistonda muxlislarim jangimni kutishmoqda, ko'p joyda muxlislarim paydo bo'lmoqda. Xudo xohlasa ularni uyaltirib qo'ymayman", - dedi Madrimov.
Fikrlar