02 dek 11:18
Yangiliklar

Isroil Madrimov: Menimcha, bu jangda Fyuri g'alaba qozongandi
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Jang davomida ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgan Fyuri yakunda durangga erisha oldi. Ushbu jang haqida yaqindagina professional boksda debyut qilgan hamyurtimiz Isroil Madrimov o'z fikrini bildirdi.
- Ko'pchilik qatori men ham ushbu jangni intizorlik bilan kutgan edim. CHempionlik jangi kutilganidan ham alo darajada o'tdi. Fyuri meni xayron qoldirdi. Ikki yil katta boksdan yiroqda bo'lgan britaniyalik bokschi chiroyli qayta oldi. SHaxsiy fikrim, bu jangda Fyuri g'alaba qozongan edi.
Nega? CHunki, uning g'alaba qozongan raundlari soni ko'proq bo'ldi. Bu holat bokschilarga yaqqol seziladi. Ha, Uaylder raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ya oldi. Ammo, umumiy olganda, Tayson g'alabaga haqliroq edi, - dedi Madrimov.
Fikrlar