01 mar 15:16
Yangiliklar

Isroil Madrimov Murodjon Ahmadalievning rekordini yangilashga tayyor
Ushbu g'alabadan so'ng hamyurtimiz WBA reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Boxer_TV kanalining menejer Alik Frolovga tayanib malumot berishicha, agar ushbu yo'nalish chempionlari Erislandi Lara (WBA Regular) yoki Xeyson Rosario (WBA Super) lardan birini tanlash taklifi bo'lsa, Madrimov Ahmadalievning rekordini yangilashga tayyor ekanligini ham malum qildi.
Qayd etish lozimki, ayni paytda Dominikan Respublikasi bokschisi Xeyson Rosario birinchi o'rta vaznda WBA Super kamaridan tashqari IBF yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Yodingizda bo'lsa, Ahmadaliev yanvar oyida Daniel Romanni mag'lubiyatga uchratib, sakkizta jangdayoq ikkita kamar sohibiga aylangandi. Agar Madrimov kelasi ikki jangidan birini Rosarioga qarshi o'tkazib, g'alaba qozona olsa, bu borada jahon rekordchisiga aylanadi.
Fikrlar