13 may 17:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov Olimpiada chempioniga qarshi bugungi jangi oldidan nimalar dedi?
Bugun bo'lib o'tadigan jang oldidan bokschimiz Isroil Madrimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Raqiblarimizni o'rganib chiqdik. Murabbiylar bilan ularni janglarini ko'rib chiqib, taktika borasida ish olib bordik. O'zimni raqibimga keladigan bo'lsam, u jahon va Olimpiada chempioni hisoblanadi. Jiddiy raqib. Niyatim janglarni g'alaba bilan yakunlab, jahon boksida yangi sahifa ochmoqchiman", - deydi Mardimov "UzReport" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Madrimov -75 kg vazn toifasida Arlen Lopesga qarshi jang qiladi. Lopes 2016 yilgi Rio Olimpiadasi finalida boshqa bir bokschimiz Bektemir Meliqo'zievni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar