13 apr 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Osiyo chempionatida asosiy raqibi kim ekanligini aytdi
Xabaringiz bor, bir necha kundan so'ng Bangkokda boks bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.
Terma jamoamiz azosi Isroil Madrimov ushbu musobaqadagi eng asosiy raqibi kim ekanligi haqida gapirdi.
"Asosiy raqibim Filippindan. Marsial ismli boksi. U bilan Jakartada o'tkazilgan Osiyo o'yinlari yarim finalida to'qnash kelganman va g'alaba qozonganman. Undan tashqari boshqa kutilmagan raqiblar ham bo'lib qolishi mumkin. CHunki, murabbiylarimiz ham Osiyo chempionatida kimlar ishtirok etishini ko'rib chiqishdi. U erda yangi nomlar bor. Nasib qilsa, ularga yaxshi qarshilik ko'rsatib, g'alaba qozonamiz", - dedi Isroil Madrimov olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar