09 mar 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi FOTO
Xabaringiz bor, ertaga bokschimiz Isroil Madrimov Nyu-Yorkda ringga ko'tariladi.
Mazkur jangda hamyurtimizga venesuelalik Frank Roxas raqib bo'ladi. Bugun ushbu jang oldidan Isroil va uning raqibi vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi. Bahs birinchi o'rta vazn toifasida tashkil etiladi va 10 raunddan iborat bo'ladi. Jang oldidan har ikki sportchi belgilangan meyorni bajardi.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov ishtirokidagi jang 10 mart kuni tongda bo'lib o'tadi. Jang translyaciyasi soat 07:00 dan so'ng "Sport" telekanalida boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar