03 apr 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov WSBda haftaning eng yaxshi bokschisi bo'lish uchun nomzod!
O'tgan hafta "Uzbek Tigers" bokschilari Qozog'istonning "Astana Arlans" sportchilariga qarshi jang o'tkazdilar.
Ushbu janglarda -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz Isroil Madrimov raqibi Saparbay Aydarovni katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bu g'alabasi orqali sportchimiz haftaning eng yaxshi bokschisi bo'lish uchun nomzodga aylandi.
Ushbu so'rovnomada Isroilga Dos Santos (Kolumbiya) hamda Osli Iglesias (Kuba)lar raqiblik qiladilar.
Sportchimizni tvitter orqali qo'llab-quvvatlang > > > OVOZ BERISH
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar