03 may 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov yarim finalda!
Osiyo chempionatida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Isroil Madrimov chorak finalda filippinlik Eumir Marsialga qarshi jang o'tkazdi.
Avvaliga birinchi raundda filippinlik bokschining ustunligi sezilayotgandi. Qolgan raundlarda sportchimiz tashabbusni o'z tomoniga og'dira oldi va yakunda g'alaba qozona oldi.
Endi u yarim finalda qozog'istonlik Abilxan Amankulga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar