19 mar 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovni kutib olish uchun hamma narsa shay FOTO
Ayni daqiqalarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi tashkil etilmoqda.
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov murabbiy To'lqin Qilichev bilan birgalikda Toshkentga qaytib kelmoqda. Bokschimizni kutib olish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga uning oila azolari, muxlislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo'lishgan.
Xatto maxsus orkestr guruhi ham shu erda. Ilk jangidayoq WBA InterContinental kamarini qo'lga kiritgan Isroil Madrimov bir necha kun oldin AQSHning Nyu-York shahrida faoliyatidagi ikkinchi jangini o'tkazgan va raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar