10 iyu 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning kechagi jangdan qancha gonorar olgani malum bo'ldi
Xabaringiz bor, kecha AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham "Medison Skver Garden" arenasida professional boks kechasi o'tkazilgan edi.
Ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham ringga ko'tarilgandi. Bokschimiz o'zining prof ringdagi uchinchi jangida meksikalik Norberto Gonsalesni oltinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Olamsport ga malum bo'lishicha, Isroil Madrimov kechagi jangi uchun 48 000 AQSH dollari miqdorida gonorar oladi. Uning raqibi Norberto Gonsalesning gonorari 15 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Bu malumotni Nyu-York shtati Sport komissiyasi ham tasdiqladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar