10 noy 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/48336_220.jpg)
Isroil Madrimovning prof ringdagi ilk raqibi malum bo'ldi
Xabar berganimizdek, kecha istedodli bokschimiz Isroil Madrimov Rossiyaning "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Andrey Ryabinskiy boshqaruvidagi ushbu kompaniya 23 yoshli hamyurtimizning professional boksdagi ilk raqibi nomini elon qildi. Osiyo chempionining 24 noyabr kuni AQSHning Atlantik-Siti shahrida o'tkaziladigan jangdagi raqibi Viktor Ernandes (10-2, 6KO) bo'ladi.
Malumot uchun, meksikalik Viktor Ernandes prof boksda 12ta jang o'tkazib, shularning 10tasida g'alaba qozongan. Oltita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor o'zi mag'lub bo'lgan. Madrimov - Ernandes jangi 10 raunddan iborat bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar