30 noy 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil, Murodjon, Sanjar AQSHdan qaytishdi FOTO
Bir necha soat avval professional bokschilarimiz Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Murodjon Ahmadaliev AQSHdan yurtimizga qaytib kelishdi.
Bokschilarimiz bilan birga ularning murabbiylari - O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov hamda To'lqin Qilichev ham Nyu-Yorkdan Toshkentga qaytishdi.
CHarm qo'lqop ustalarimiz va ularning murabbiylarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston professional boks federaciyasi mutasaddilari, boks muxlislari, sportchilarimizning oila azolari kutib olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar