18 avg 09:27
Yangiliklar
Futbol

"Istanbul Bashakshehir" "Kayserispor"ni mag'lub etolmadi, SHomurodov 70 daqiqa o'ynadi
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Kayserispor" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yin durang (1:1) natija bilan yakunlandi. Ivan Brnich (41) mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, mehmonlar esa bunga 68-daqiqada Migel Kardozoning goli bilan javob berishdi.
Istanbulliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Transfer to'lovi bilan muammolar bo'layotgan yarim himoyachi Abbos Fayzullaev qaydnomaga kiritilmadi.
Havola :
Fikrlar