08 noy 11:36
Yangiliklar
"Istanbul Bashakshehir" safarda autsayderlardan biriga mag'lub bo'ldi, SHomurodovdan mavsumdagi 8-gol!
Unda istanbulliklar turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turgan "Genchlerbirligi"ga mag'lub bo'lishdi. Uchrashuvda hamyurtimiz Eldor SHomurodov gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq uning mavsumdagi 8-goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
"Genchlerbirligi" - "Istanbul Bashakshehir" 2:1
Gollar: Kelven Talisson (35, 1:0), Eldor SHomurodov (46, 1:1), Mbaye Nyang (53, 2:1).
"Genchlerbirligi": Rikardo Velo, Pedro Pereyra, Dimitrios Gustas, Zan Zuzek, Kelven Talisson, Ayotomiva Dele-Bashiru, Ogulchan Ulgun (Samed Onur, 75), Goktan Gurpuz (Dilhan Demir, 75), Seku Koyta (Metehan Mimaroglu, 67), Franko Tongya, Mbaye Nyang.
"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Sengezer, Omer SHahiner (Davi Zelke, 68), Jerome Opoku, Leo Duarte, Onur Bulut, Umut Gyunesh, Berat Ozdemir (Amin Xarit, 58), Nunu Da Koshta (Deniz Turuch, 58), Migel Krespo (Oliver Kemen, 68), Yusuf Sari (Yakub Kaluzinski, 77), Eldor SHomurodov.
Ogohlatirishlar: Jerome Opoku (48), Yakub Kaluzinski (72), Samed Onur (84), Pedro Pereyra (87), Leo Duarte (88).

Fikrlar