30 noy 10:29
Yangiliklar
Istomin Borgesga mag'lub bo'lib, yakkalik bahslarini tark etdi
Mukofot jamg'armasi 45,730 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'ri ilk davrasida dunyo reytingining 93-pog'onasidan joy olgan portugaliyalik Nuno Borgesga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan bahsda afsuski omad hamyurtimizdan yuz o'girdi va portugaliyalik tennis ustasi uchrashuvda g'alaba qozondi: 6/3, 6/0.
Tennischimiz saralashning ilk davrasida turnirga imtiyozli ravishda qo'yilgan portugaliyalik Gilerme Valdoleyrosni 6/1, 6/1 hisobida mag'lub etgandi. Saralashda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Istomin shuningdek asosiy to'rga yo'llanma bergan saralashning final uchrashuvida turnirning uchinchi raketkasi, qozog'istonlik Denis Evseevdan ham ustun kelgan edi - 6/3, 6/3.
Taqqoslash uchun, Denis ayni paytda ATP reytingida 481, Borges esa 93-o'rinni egallab turibdi. Endi tennischimiz rossiyalik Evgeniy Karlovskiy bilan birgalikda ushbu musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etadi. Istomin/Karlovskiy juftligi o'z yurishini bugun 16:00da ikki portugal — Jeymi Fariya (ATP reytingida 616)/Duarte Vale (566)ga qarshi boshlaydi.
Fikrlar