19 iyu 10:47
Yangiliklar
Tennis

Italiya Xopman Kubogi finaliga chiqdi
Italiyaning Bari shahrida tennis bo'yicha nufuzli Xopman Kubogi doirasida mezbonlar hamda Franciya terma jamoasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ilk bahsda italiyalik Lyuchiya Broncetti francuz raqibasi Xloe Pakeni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/7(5), 10:8. Keyin Flavio Kobolli g'alabani mustahkamladi. U tajribali Rishara Gaskedan 6/2, 6/4 hisobida ustun keldi.
Amalda hech narsani hal qilmagan so'nggi bahsda esa Pake va Gaske hamkorligi Broncetti hamda Kobollini engishdi. Italiya B guruhida birinchi o'rinni egallab finalga yo'l oldi. Franciya ikkinchi, Xorvatiya esa guruhda uchinchi bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar