06 avg 16:24
Yangiliklar
Futbol

Italiyada jamoa B Seriyaga tushib ketsa futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda sezilarli darajada kamayadi
Endi B Seriyaga tushib ketgan jamoalar futbolchilari 25 foiz kamroq maosh oladi.
Italiya futbolchilar associaciyasi (AIC) va A Seriya ligasi o'rtasidagi yangi 5 yillik shartnomaga maxsus band kiritildi. Agar A Seriyada ishtirok etayotgan jamoa B Seriyaga tushib ketsa, futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda 25 foizga kamayadi.
Yangilik shu yilning 2 sentyabridan boshlab imzolangan shartnomalarga tasir ko'rsatadi. SHu bilan birga, agar klub va o'yinchi boshqacha (B Seriyaga tushib ketganda) kelishib olishsa, maosh (asosiy oylik) kamaytirilmaydi.
Havola :
Fikrlar