15 jan 10:17
Yangiliklar
Velosport
Italiyaning Bardiani-CSF 7 Saber velosport klubi O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosini o'z safiga qo'shib oldi (FOTO)
Kecha xabar berganimizdek, O'zbekistonning 7 Saber sport brendi endilikda Italiyaning Bardiani-CSF professional velosport klubiga homiylik qiladi.
Klub rasmiy sahifalari o'zbekistonlik ikki velosportchi bilan shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.
Unga ko'ra, yaqindagina O'zbekiston safiga o'tgan Sergey Rostovcev va terma jamoaning yana bir azosi Nikita Cvetkov endi Bardiani-CSF 7 Saber sharafini himoya qiladi. Klub veloshosse yo'nalishidagi turnirlarda qatnashadi.
Rostovcev ham, Cvetkov ham O'zbekiston safiga Rossiyadan o'tganini takidlash lozim.
Bardiani–CSF 7 Saber professional velosport jamoasiga 1982 yilda Italiyada asos solingan. Malumot uchun, jamoa azolari o'z vaqtida Giro d'Italia, UAE Tour kabi nufuzli velopoygalarda muvaffaqiyatga erishgan.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar