06 noy 19:04
Yangiliklar
ITF M15. SHin Antaliyadagi yurishini nimchorak finalda to'xtatdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik raketka ustasi Maksim SHin bugun nimchorak final bosqichida kortga chiqdi.
Ruminiya vakili Stefan Adrian Andreeskuga qarshi kechgan bahsda SHin 1:2 (6/4, 4/6, 3/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ATP reytingida 987, Stefan Adrian Andreesku esa 550-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar