23 okt 12:10
Yangiliklar
Tennis
ITIA qora ro'yxatiga kiritilganlar orasida o'zbekistonlik tennischi ham bor
Tennisning sofligi xalqaro agentligi (ITIA) 2024 yil 3-choragida akstl doping va o'yin halolligi sohasidagi asosiy o'zgarishlarga oid hisobotni elon qildi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner taqiqlangan preparatlar bilan bog'liq vaziyatga aloqador yoki yo'qligi keng muhokama qilinayotgan bir paytda ITIA fakt va ilmiy dalil asosida Janubiy Amerikadan 6 nafar, shuningdek Evropa va Osiyo qitasidan bir necha raketka ustasiga nisbatan malum muddat cheklash chorasini joriy etdi.
Ular orasida kelishilgan o'yinlarda gumonlanib, musobaqalardan uch yarim yilga chetlatilgan o'zbekistonlik Sanjar Fayziev ham bor. Hujjatda ushbu qarorga qarshi yaqinda tennischimiz tomonidan taqdim etgan shikoyat rad etilgani ham keltirilgan.
Tekshiruv 51 mamlakatda o'tgan turnirlarni qamrab olgan.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar