06 iyu 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Sanjar Zokirovning keyingi raqibi chechenistonlik jangchi bo'ladi
ONE FC Ligasi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Sanjar Zokirovning navbatdagi jangini tasdiqladi.
Hamyurtimiz avval xabar berganimizdek, 17 iyul kuni Bangkok shahrida (Tailand) tashkil etiladigan ONE Fight Night 45 turnirida ishtirok etadi.
O'sha kuni Zokirovga Rossiya vakili Ruslan Satiev bilan bahs olib boradi. Jang o'ta engil vzan toifasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Sanjar Zokirov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Satiev hisobida esa 6 ta g'alaba mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar