So’nggi yangiliklar

21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

31 okt 16:08
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Ixtiyor Navro'zov: Bazida ham raqibni, ham hakamni yutish kerak

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida erkin kurashning 65 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Ixtiyor NAVRO'ZOV bronza medalini qo'lga kiritdi.

Rio-2016 sovrindori Erudit Sportning Eksklyuziv intervyu loyihasining navbatdagi mehmoni bo'ldi.

 – Ixtiyor, erkin kurashga qanday qiziqqansiz?


– Bilasizmi, erkin kurash bilan shug'ullansamda, birinchi qiziqqan sportim bu – kikboksing.  Ikki oylarcha to'garakka qatnab yurganman. Biroq oilaviy sharoit tufayli mashg'ulotlarni to'xtatganman. O'n ikki yoshimda Hasan va Husan degan ham qo'shni, ham uzoqroq qarindosh akalarim qo'limdan etaklab zalga olib borishgan. Erkin kurash yoqib qoldi. Qiziqishim ortib borardi. Ishtiyoq katta edi. Erkin kurashni – eng qiyin sport turi, deb hisoblayman. Hayotda ham kurashni o'rgatadi. Kezi kelganda oilaga yordam bo'lsin deb, sartaroshlik bilan shug'ullanganman, somsa pishirgan paytlarim bo'lgan. Muhimi – sportni tashlab qo'ymadim. Orzuim – Olimpiadada zafar quchish edi. To'g'ri, birinchi janglarda yutqazganman. Tajriba to'plab, o'z ustimda ishlab, raqiblarni mag'lubiyatga uchratganman. Kech kirib kelganimga qaramay, o'sishga erishidim. Qiyinchiliklarni engib o'tib, shu darajaga chiqdim.

– O'yinlar oldidan mutaxassislar Sizni Olimpiada chempionligiga davogar sportchilar qatoriga kiritgandi. O'zingizning mo'ljalingiz qanday edi?


– 2015 yilgi kurashchilar mundialining hal qiluvchi bahsida italiyalik Frank CHamiso bir ochko farq bilan g'alaba qozongandi. So'nggi etti soniyada ochko berib qo'yganman. SHuning alamiga Rioda birinchi o'rinni olaman, degandim. Lekin salomatligimda muammolarga duch keldim. O'yinlargacha o'n kilogramm vazn tashladim.


– Demak, Olimpiada bahslarida bronza sovrindoriga aylangan Ixtiyor Navro'zovdan Jahon CHempionatida kumush medalini qo'lga kiritgan Ixtiyor Navro'zov kuchliroq?

– Jahon chempionatida eng yuqori “forma”da edim. Olimpiadada qiyinalib yutgan raqiblar ustidan o'nu nol hisobiga ustun kelganman. Masalan, yarim finalda meni yutgan rus kurashchisi Soslan Romanovni mundialda o'n besh soniya ichida mag'lubiyatgan uchratganman. Xullas, Rioda bor imkoniyatimning ellik foizida ishtirok etdim. Tiklanib ulgurmadim chunki. Gilamda holsizlansam ham tishimni tishimga qo'ydim. Ortimda Vatanim, ota-onam, xalqim kutyapti, deb oxirigacha kurashdim. Menimcha, Jahon chempionatidagi Ixtiyor Olimpiadani bemalol yutardi.

– Uchinchi o'rin uchun bahsda raqibingiz Mandahnaran Ganzorigning murabbiylari qo'ygan “tomosha”si uzoq vaqt muhokamaga sabab bo'ldi.


– Kurash shunaqa narsaki, bellashuv nima bilan tugashini bilmaysiz. Har qanday holatga tayyor turish kerak. O'sha bahsda oltiyu to'rtga yutib turgandim. Qirq soniya vaqt bor. Hisobni ushlab qolsam, g'alaba qozonaman. Ammo ortga chekinishni yoqtirmayman. Eng yaxshi himoya – hujum. Hujum qilib, ochko ishlashiga kamroq imkon berasiz. Hujumlarning birida uni gilamdan chiqardim. Hisobimga bir ball yozilishi kerak. Negadir hakam raqibimga uch ochko berdi. Hisob 7:6 bo'ldi. O'n sakkiz soniya vaqt qolgandi. SHunda o'ljasiga tashlangan sher kabi bor kuchim bilan raqibga tashlandim. Erkin kurash qoidalarida ortda chekinish mumkin emas. Bir qadam ortga qo'ysangiz ham raqibga ball taqdim etiladi. Raqibim esa ortga qochdi. Bilmadim, erkin kurash tushayotganini unutdi shekilli. Natijada bir ochko oldim. Keyingi musobaqalarda undan kuchliroq ekanligimni ko'rsatishni dilimga tugib qo'ydim. Boshqa tomondan, yirik musobaqalarda raqibingizni va hakamlarni yutishga to'g'ri keladigan paytlar bo'ladi.


– Erkin va yunon-rum kurashi o'rtasida juda katta farq yo'q. Har ikki yo'nalishda gilamga chiqish niyati bo'lganmi?

– Erkin kurashni qiyinroq, deb hisoblayman. Ikki yo'nalishda qatnashib, yomon natija ko'rsatgandan ko'ra, bittada muvaffaqiyat qozongan maqul. Qolaversa, har ikki yo'nalishdagi musobaqalar bir paytda o'tkaziladi. Bu sportchiga qisqa muddat ichida keyingi bahsga tiklanishiga yo'l qo'ymaydi.

– Nima deb o'ylaysiz, erkin kurashdagi ikkinchi Navro'zov qanday natijalarga erisha oladi?


– Ukam ham menga havas qilib ortimdan ketmoqda. O'zidan “Qaysi yo'ldan ketasan: sportdanmi yoki boshqa kasbdanmi?”, deb so'raganimda, “Sportdan”, degan. Ishtiyoqi borligi uchun shug'ullanyapti. Uning orzusi bu. Hozir butun joyi qolmagan mashg'ulotlar ortidan. O'ylashimcha, harakatni to'xtatmasam, mendan yaxshiroq natija ko'rsatadi.

– Sportchilar mag'lubiyatdan sug'urtalanmagan. Mag'lubiyatlar sizni “taqib” qilganmi?


– Jahon chempionati finalining so'nggi soniyalari ikki-uch oy tushimga kirib chiqqan. Olimpiadadagi natija esa yo'q. Uchinchi o'rinni olganim alam qildi. Nasib qilsa, Tokiodagi musobaqada bronzani oltinga “almashtiraman”.



 “Erudit SPORT” malumotnomasi:


1989 yilning 5 iyulida Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Osiyo chempionatining uch karra sovrindori (ikki bronza, bir kumush), Osiyo O'yinlari-2014 musobaqasida bronza medalni qo'lga kiritgan. Jahon CHempionati-2015 vice-chempioni. Olimpiada-2016 uchinchi o'rin sohibi. Erkin kurash bo'yicha xalqaro darajadagi sport ustasi.

Ulug'bek RAHMONQULOV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
01 noy 18:19:15
Muhar
Хмммм, фикрим умуман ўзгариб кетди интервьюдан кейин...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing