06 avg 11:05
Yangiliklar
Kamondan otish

Kamonchilarimiz Koreyada bir oylik xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishishdi
3-13 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kvandju shahrida kamondan otish bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur nufuzli musobaqa oldidan, kamondan otish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bir oylik xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Mashg'ulotlar 3 sentyabrga qadar davom etadi.
SHuningdek, ushbu yig'inda 16 ta xorijiy davlat kamonchilari, xususan, Bangladesh, Gonkong, Iroq, Qirg'iz Respublikasi, Pokiston, Malayziya, Mo'g'uliston, Filippin, SHri-Lanka, Singapur, Tailand, Turkmaniston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Vetnam va albatta mezbon Janubiy Koreya vakillari ham mashg'ulotlarni olib bormoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar