06 avg 10:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Richard Torres keyingi raqib sifatida kimni ko'rishni istashini aytdi
Amerikalik superog'ir vaznli professional bokschi Richard Torres (13-0, 11 KO) kim bilan jang qilish istagida ekanini ochiqladi.
"Men Itaumani raqib sifatida ko'raman. Uning imkoniyatlari ajoyib, tezkor va yosh jangchi. U kabi yigitlardan birortasiga qarshi AQSHda jang qilish aql bovar qilmaydigan darajadagi voqelik bo'lar edi.
Hozir og'ir vazn toifasida juda katta salohiyatga ega juda jiddiy bokschilar bor va janglar ham shunga yarasha bo'lyapti. Ko'p umidli yigitlar bor, odamlar ularni jangda ko'rishni xohlashadi", dedi Torres.
Malumot uchun, amerikalik Richard Torres prof faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Havaskor boksda esa Bahodir Jalolovga imkoniyatni boy bergan. Balki, ularning yo'llari prof ringda ham to'qnash kelib qolar.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar