06 avg 09:20
Yangiliklar

Osiyo chempionati: Qozog'iston tomoni hamyurtimiz bilan jangdagi natija bo'yicha norozilik shikoyati bildirgani aytilmoqda
4 avgust kuni musobaqa doirasida 75 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi SHavkatjon Boltaev qozog'istonlik Aman Konsbekovni 4:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.
Ushbu bellashuvdan so'ng qozog'istonlik boks muxlislari, bundan tashqari, Konsbekovning o'zi ham jang natijasidan norozi ekanini ochiq oydin bildirdi.
"Bey v Kost" Telegram kanalining yozishicha, Asian Boxing tashkiloti qoidalariga ko'ra, etiroz bildirish va jang natijalarini qayta ko'rib chiqish imkoni yo'q. Ammo ushbu turnirda Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlar bokschilari ishtirokidagi ko'plab mojaroli vaziyatlardan so'ng, yangi tashkil etilgan tuzilma natijalar bo'yicha "protest" bildirishga ruxsat bergan. Qozog'iston esa bundan foydalanib, Konsbekovning jangi bo'yicha shikoyat xati kiritgan.
Hozircha bu bo'yicha rasmiy xabar berilmadi.
Fikrlar